Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi minimal miqdorlari belgilandi.

Yanqi narxlar har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi «Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga mufoviq Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qayta belgilanadi.

Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi minimal miqdorlar bilan Lex.uz saytida tanishishingiz mumkin.