Endi fuqarolik pasportini yangi biometrik pasportga almashtirish bo’yicha navbatga qo’yish va rasmiylashtirishni so`rab onlayn tarzda murojaat qilish mumkin. Hozircha bu xizmat turi sinov shaklida Toshkent shahrining Olmazor tumanida taqdim etilmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida doimo istiqomat qiluvchi fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklni to‘ldirib IIV'ga fuqarolik pasportini yangi biometrik pasportga almashtirisni so`rab onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkin.

Ushbu murojaat Olmazor tumanining IIB ma'sul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hujjat xatosiz to‘ldirilgan bo‘lsa, arizachiga navbatga qo`yilganlik haqida SMS xabarnoma yuboriladi. Ushbu SMSda Olmazor tuman IIBga biometrik ma'lumotlarni topshirish uchun kelishi kerak bo‘lgan aniq kuni va saoti ko‘rsatilgan muddatlar belgilangan bo‘ladi.

Biometrik pasport tayor bo‘lgandan so‘ng ham, arizachiga SMS yuboriladi.

Ushbu xizmatdan, YIDXPning boshqa xizmatlari kabi, ID.UZ yagona indentifikatsiya tizimidan PassportID maqomi bilan ro`yxatdan o`tgan yoki elektron raqamli imzoga ega bo`lgan fuqarolar foydalana oladilar.