7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sertach So'nmezayni diplomatik vakolat muddati tugagani munosabati bilan qabul qildi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko’ra, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida vazir elchining faoliyatini, yuksak darajada rivojlanayotgan O‘zbekiston va Turkiya hamkorligini yanada mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.