18-aprel kuni O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida Pilaf-fest milliy osh festivali bo'lib o'tadi. Bu haqda «O'zbekturizm»MK axborot xizmati xabar bermoqda. Yarmarka «Buyuk ipak yo'li» reklama agentligi bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Festivalda eng sara oshpazlar bellashadilar.

Ilk bor milliy osh festivali 2013-yilning 18-19- aprel kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan edi. Unda respublikaning barcha mintaqalaridan osh turlari taqdim etilgan edi.

Rejalashitirigan festivalda ham ishtirokchilar turli tuman oshlar va ularga tortilgan xilma-xil salatlarni tatib ko‘radilar. Shuningdek, tamoshabinlar uchun oshpazlar o'zbek milliy pazandachiligi haqida keng ma’lumot olish imkonini ham taqdim etadilar.

Osh festivali doirasida «Eng yaxshi oshpaz», «An'analarda yangilik», «Tadbir mehmonlarining mayli bo'yicha sovg'a» kabi tanlovlarda eng sara oshpazlar bellashadilar.