Yosh kinorejissyor Sarvar Karimovning «Sehrli qalpoqcha» badiy filmi Moskva kinofestivalida «Ertakdagi hazil-mutoyiba» va «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyalarida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Bu haqda «Jahon» azborot agentligi «O'zbekkino» milliy agentligiga asoslanib xabar bermoqda.

Film «O'zbekfilm» studiyasida 2012-yil Xudoyberdi To'xtaboyevning «Sariq devni minib» asari asosida suratga olingan.

«Mukofotga munosib deb topilganimizdan xursandman, — deydi film rejissyori Sarvar Karimov. — Bu film boshqa kinofestivallarda ham taqdim etilgan, lekin aynan shu Moskva kinofestivalda alohida diqqatga sazovor bo'ldi. Unda bosh rolda o'ynagan Bunyod Raxmatullayev „Eng yaxshi erkak roli“ ijrochisi deb topildi. Hozirgi paytda filmning davomi suratga olingan, asarning nomi kabi „Sariq devni minib“ deb nomlangan. Yaqinda premyerasi bo'lib o'tadi».