Tovarlar (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarish bo‘yicha kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalar mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to‘lanadigan mablag‘larga teng miqdorda, mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etilgan muddati ya’na uzaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 dekabrdagi PF-4589-sonli Farmoni bilan, 2014- yil 1- yanvarda tugashi kerak bo‘lgan bu imtiyoz 2019- yilning 1- yanvarigacha uzaytirildi.

Shuningdek, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida ushbu Farmon bilan quydagi imtiyozlar amal qilish muddati uzaytirildi:

— uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni to‘lash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati «Hunarmand» uyushmasi a’zolari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2014- yil 1- yanvardan 2017- yilning 1- yanvarigacha;

— ro‘yxatga muvofiq oilaviy korxonalar xalq badiiy hunarmandchiligi va qo‘lda ishlangan amaliy san’at buyumlarini sotishdan olinadigan daromaddan yagona soliq to‘lovi to‘lashdan 2017- yilning 1- yanvarigacha ozod etildi.