Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — My.gov.uz'ning smartfonlar uchun mo’ljallangan ilovasi ishlab chiqildi. Ushbu ilova foydalanuvchilar uchun Yagona portalning «Fuqarolar murojaatlarini yuborish» xizmatidan foydalanishda qulay vosita sifatida taqdim etilayapti.

Endilikda fuqarolar «My gov» mobil ilovasi orqali o`z mobil telefonlaridan davlat organlariga to`g`ridan-to`g`ri murojaat yuborishlari, murojaatlariga javob olishlari va shu orqali davlat organlari bilan to`laqonli o`zaro aloqada bo’lishlari mumkin.

«My gov» mobil ilovasini muntazam takomillashtirib borish, bunda foydalanuvchilarning ushbu ilova bo’yicha taklif va mulohazalarini o'rganish maqsadida takliflar govuz@uzinfocom.uz elektron manzilida qabul qilinadi.

«My gov» mobil ilovasini Google Play'dan bepul yuklab olish mumkin.