Buyuk Britaniyaning Gastings shahrida 2013-yil 28-dekabrdan joriy yilning 5-yanvarigacha o‘tkazilgan 89 «Hastings Masters» shaxmat festivalida O'zbekistonlik shaxmatchi Jahongir Vohidov peshqadamlar safidan joy oldi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Dunyoning yigirmadan ziyod mamlakati shaxmatchilari ishtirok etgan musobaqa yakunida yetti nafar sportchi olti yarimtadan ochko jamg‘ardi. Shveysarcha tizimda 9 turdan iborat bo‘lgan mazkur musobaqada Jahongir Vohidov besh g‘alaba va uchta durangga erishdi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 95 nafar shaxmatchi o‘rtasida beshinchi o‘rinni egalladi.