2-yanvar kuni Prezident Islom Karimov «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonunga imzo chekdi. Qonun 3-iyul oyidan kuchga kiradi.

Qonun 8-noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan 12-dekabrda ma'qullangan edi.

Qonunning to'liq matni bilan «Narodnoe slovo» gazetasi saytida joylashtirilgan.

«Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonunda vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosati belgilab olingan. Unda boshqa yo‘nalishlar bilan bir qatorda vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilayotgan yoki vasiylik va homiylik ostida bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, vasiylik va homiylik sohasida davlat organlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga doir qoidalar mustahkamlanib qo‘yilmoqda.