O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitova 1-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda Olmaxon Hayitovaning nevarasiga tayangan holda shov-shuv.uz sayti xabar bermoqda.

Sayt mualliflariga ko‘ra, 73 yoshda bo‘lgan san’atkorning o‘limiga qandli diabet sabab bo‘lgan.

Kuchli ovoz sohibasi Olmaxon Xayitova 1940 yil Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tavallud topgan. Olmaxon Hayitova asosan mumtoz ashulalar va xalq doston qo‘shiqlarini ijro etar edi. 1993-yili O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.