2014-yil 1-yanvardan benzin narxi 25 so‘mga oshdi. Narx oshishi jismoniy shaxslarning avtomobil yoqilg‘isini iste’mol qilish solig‘ining an’anaviy yillik o‘sishi bilan bog‘liq.

Bir litr Ai-80 benzini va yoqilg‘i dizelining yangi narxi iste’mol solig‘i 240 so‘mdan 265 so‘mga oshishi hisobiga 1670 so‘mni tashkil etadi (eski narxi 1645 so‘m).

Ai-91 endi 1835 so‘mga (eski narxi 1810 so‘m), Ai-95 esa 2020 so‘mga (eski narxi 1995 so‘m) oshdi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta O‘zbekistonda avtomobil yoqilg‘isining chakana narxi o‘tgan yilning 1-yanvar kuni oshgan edi.