O'zbekistonda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari uchun daromad solig‘i stavkasi 9 foizdan 8 foizga kamaytirildi. Soliq stavkasining kamayishi «O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi qarori bilan belgilangan.

Norma.uz qayd etishicha, bunday chora korxonalarning soliq yukini yengillashtirib, ularning ixtiyorida moddiy-texnikaviy bazasining mustahkamlashga qaratiladigan 130 milliard so‘m atrofida mablag‘ qoldirish imkonini beradi.

So'ngi 13 yil ichida daromad solig'i stavkasi 8 marta kamaytirilib, 26 foizdan hozirgi 8 foizgacha tushgan.