2013-yil 25-dekabr kuni kuchga kirgan «Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga binoan Soliq kodeksining bir necha moddasiga o‘zgartirish kiritildi.

Xususan, endi bir yil (ketma-ket keladigan o'n ikki oylik davr) ichida shaxsiy uyini bir martadan ko‘p sotish tadbirkorlikka tenglashtirilib, olingan daromad soliqqa tortiladi.

Bundan avval jismoniy shaxslar o‘zlariga qarashli shaxsiy uy-joyni bir yilda ko‘pi bilan ikki marta sotishdan tushgan daromad uchun soliq to‘lamas edilar.