27-dekabr kuni Prezident Islom Karimov «2011-yil 18-oktyabrdagi Erkin savdo hududi to'g'risidagi Shartnomani uning Tomonlari va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida qo'llash haqidagi Bayonnomani ratifikatsya qilish to'g'risida»gi qonunga imzo chekdi. Qonun 29-noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma'qullangan edi.

Ushbu protokol juma joriy yilning 31-may kuni Minskda, MDH hukumatlari rahbarlarining navbatdagi majlisi chog‘ida imzolangan edi. Shartnoma Erkin savdo hududini tartibga soladi. Unda a‘zo davlatlar o‘rtasida bosqichma-bosqich turli mahsulotlarning eksport va importiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash nazarda tutilgan.

O‘zbekiston MDH Erkin savdo hududining to‘qqizinchi a‘zosi bo‘ldi. Erkin savdo hududi tashkil etish haqidagi bitim 2011 yilning 18 oktyabrida sakkiz davlat- Rosiya. Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va Ukraina tomonidan imzolangan edi.