27-dekabr kuni Prezident Islom Karimov «Ekologik nazorat to'g'risidagi»gi qonunga imzo chekdi. Qonun 28-dekabrdan kuchga kirdi. Qonun 12-noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan 12-dekabrda ma'qullangan edi.

«Xalq so'zi» gazetasi takidlashicha, qonunning asosiy maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda ekologik nazoratning turlari, ya’ni davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati, ularni amalga oshirish tartibi va usullari, ekologik nazorat sub’ektlarining huquq va majburiyatlari, ekologik nazorat natijalarini rasmiylashtirish, ekologik nazorat natijalarini qo‘llash shakllari qamrab olingan.

Mazkur hujjatda ilk bor amaliyotga jamoatchilik ekologik nazorati instituti kiritilgan. Bunda fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar jamoatchilik ekologik nazoratining sub’ektlari sifatida belgilab qo‘yilmoqda.

Qonunning to'liq matni «Xalq so'zi» gazetasining 28-dekabrdagi sonida chop etilgan.