O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2014-yilning 1-yanvaridan boshlab qayta moliyalash stavkasini amaldagi 12 foizdan 10 foizgacha tushirish bo'yicha qaror qabul qilindi.

MB matbuot xizmatining qayd etishicha, bunday to'xtam inflyatsiya darajasining 2014-yilgi prognoz ko'rsatkichlaridan hamda yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini rag'batlantirish maqsadida qabul qilindi.

«Qayta moliyalash stavkasining tushirilishi bank kreditlari bo'yicha foiz stavkalarining pasayishiga asos yaratadi va iqtisodiyotning real sektoridagi investitsion faollikni oshishiga olib keladi», — deb takidlaydi Markaziy bank matubot xizmati.

Jumladan, MB aniqlik kiritishicha, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga ajratiladigan tijorat banklari kreditlari bo'yicha foiz stavkalari pasayadi va kreditlar hajmi o'sadi

So'nggi bor qayta moliyalash stavkasi 14 foizdan 12 foizga 2011-yilning 1-yanvarida tushurilgan edi.