26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belarus Respublikasining O'zbekistondagu Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Nikolay Klakevichni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabar berishicha, yangi elchi Preziden Islom Karimovga yo'llangan ishonch yorlig‘ining nusxalarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Belorus hamkorligiga doir ikki- va ko'p tomonlama joriy masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarning istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy muammolar haqida fikr almashdilar.

O'sha kun vazir Latviya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Igors Apokinsni ham diplomatik vakolat muddati tugagani munosabati bilan qabul qildi.

Elchining faoliyati, bugun yuksak darajada rivojlanayotgan O‘zbekiston va Latviya hamkorligini yanada mustahkamlashga qo‘shgan hissasi yuqori baholadi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, oliy ta’lim, fan va texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, san’at, turizm va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlikka yuksak baho berildi.

Igors Apokins o‘z missiyasini bajarishi davomida yaratilgan shart-sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.