RIA Novosti — Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on chorshanba kuni prezident Abdulla Gul bilan yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuvdan so‘ng hukumatning yangi tarkibini e'lon qildi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 10 nafar vazirning almashishini bildirdi.

Avvalroq, korrupsiyaga oid janjal fonida, iqtisod, ichki ishlar va atrof-muhit vaziriklari rahbarlari iste’foga chiqishgan edi. Bunga ularning o‘g‘illari yirik korrupsiya ishlarida gumonlanib hibsga olingani sabab bo‘ldi.

Prezident bilan uchrashuvdan so'ng. Turkiya Bosh vaziri mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalariga mutasaddi bo‘lgan vazirni, oila va ijtimoiy siyosat vazirini, fan, sanoat va texnologiyalar vazirini, yoshlar va sport vazirini, adliya vazirini hamda Bosh vazir o'rinbosarini ham lavozimidan chetlatdi.