25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida «Korrupsiyani yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishning dolzarb masalalari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi mas’ul xodimlari, Oliy harbiy bojxona instituti professor-o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir 2012-yil 29-oktabrda qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq huquqiy me’yorlar va mexanizmlarni takomillashtirish dasturi to‘g‘risida"gi president farmoyishida ko’zda tutilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida DBQ rahbariyati tomonidan tashkillashtirildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy va xorij tajribasiga oid mavzularda ma’ruzalar tinglandi."Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun loyihasini tayyorlash uchun komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga barcha idora va vazirliklar vakillari kirdi.

Bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sohada korrupsiya holatlarining hamda bojxona postlari va komplekslari shaxsiy tarkibi tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilishining oldini olish, tizimni malakali xodimlar bilan ta’minlash ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda bojxona kompleks va postlarida ogohlantiruvchi ko‘rgazmali, antikorrupsiya plakatlari joylashtirilgan. Mazkur mavzuda tayyorlangan ijtimoiy videoroliklar barcha bojxona postlariga o‘rnatilgan telemonitorlarda fuqarolarga doimiy namoyish etib kelinmoqda.

Shu bilan birga, bojxona organlarida jismoniy shaxslar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun «Ishonch telefonlari» tashkil qilingan, qo‘mitaning internetdagi veb-saytida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish mexanizmi shakllantirilgan.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish, huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish, bojxona organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmokda.