23-dekabr kuni Prezident Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunga imzo chekdi. Qonunning matni 24-dekabrda «Xalq so'zi» gazetasida e'lon qilindi.

Ratifikatsya haqidagi qonun 29-noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan 13-dekabrda ma'qullangan edi.

Xitoy bilan do'stlik to'g'risidagi shartnoma 9-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpining O'zbekistonga qilgan davlat tashrifi chog'ida imzolangan edi.

Shartnoma kuchga kirgan kundan e'tiboran 2005-yilda imzolangan «O'zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnomani ratifikatsya qilish haqida»gi qonun o'z kuchini yoqotdi.