Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining yangi davolash binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda O'zA.

Ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Adxam Ikromov, sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov va boshqalar ishtirok etdi.

Klinikaning uch qavatli yangi davolash binosi pediatriya yo‘nalishida foydalaniladigan zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlangan. Majmuada go‘daklar, pulmonologiya, nevrologiya va kardiorevmatologiya bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda.