O'zbekistonlik xonanda Nilufar Usmonova 21-dekabrida Turkiyaning Eskisheherida bo‘lib o‘tgan «Turkvision-2013» xalqaro musiqa tanlovi final bosqichida mag'lubiyatga uchradi. Tanlov natijalariga ko'ra, Nilufar Usmonova 173 ball bilan 11-o'rinni egaladi.

Turkvision-2013 tanlovining g'oliblari:

Farid Hasanov — Ozarbayjon
Gunesh — Belarus
Fazila Ibragimova — Ukraina
Artur Marlujo‘qov — Oltoy
Emir,Frozen Kamels va Mirza — Bosniya va Gersogovina
Manevra — Turkiya
Cho‘ro‘ — Qirg‘iziston
Rin'Go — Qozog‘iston
Go‘mmalar — Shimoliy Kipr
Nilufar Usmanova — O‘zbekiston
Ergin Qarahasan — Kosovo

Eslatib o'tamiz, tanlovda nafaqat turkiy davlatlar (O'rta Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Turkiya va Shimoliy Kipr), balkim salmoqli turkiyzabon aholisi yo'ki muxtoriyati mavjud boshqa davlatlar (Ukraina, Molodva, Rossiya, Xitoy, Gruziya, Belorus, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina) ham qatnashgan.

Nilufar Usmonova tanlovda «Unutgin» qo'shig'i bilan ishtirok etdi