O‘zbekiston va Latviya o'rtasida sog'liqni saqlash va tibbiyot fanlari sohasida hamkorlik qilish to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 13-dekabr kuni O‘zbekiston va Latviya o'rtasida sog'liqni saqlash va tibbiyot fanlari sohasida hamkorlik qilish to'g'risidagi bitimga imzo chekdi.

Bitim joriy yilning 17-oktyabrida Prezident Islom Karimovning Latviyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Latviya hukumatlari o'rtasida imzolangan edi. Tashrif chog'ida sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlikdan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport va yuklar tranziti, savdo aloqalarini kengaytirish, turizm va investitsiyaviy hamkorlikka oid hujjatlar ham imzolangan edi.