«Istiqlol» saroyida 20-dekabr kuni «E’tirof» mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O'zA.

Mukofot O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda qator hamkor tashkilot va idoralar bilan birgalikda madaniyat, san’at, badiiy ijod, jurnalistika va sport sohalarida salmoqli yutuqlarga erishgan eng faol ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning faoliyatini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan.

«Mumtoz qo‘shiq, milliy estrada va opera san’ati», «Milliy va zamonaviy raqs hamda balet», «An’anaviy va akademik cholg‘uchilik», «Rassomlik va dizayn», «Kino, teatr va ommaviy tomoshalar», «Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye», «Sport va jismoniy tarbiya» kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yigirmadan ortiq nominatsiya g‘oliblari taqdirlandi.

Foto