19-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida BMT va BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar 2014-yilda istiqbolli hamkorlik, hususan BMTTD 2010-2015-yillarga mo`ljallangan 5-yillik Mamlakat dasturini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Stefan Prisner TIVning aynan qaysi vakili bilan uchrashganligi haqida ma'lumot berilmagan.