O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 19-dekabr kuni Eshdavlat Jo‘rayevni Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to'g'risidagi farmonga qo'l qo'ydi.

Boshqa farmon bilan davlat rahbari Normo‘min Choriyevni Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etdi.

Normo'min Choriyev Surxondaryo hokimi lavozimida 2012-yilning iyun oyidan ishlagan, ungacha — 2011-yilning dekabr oyidan hokim vazifasini bajarib kelgan.