RIA Novosti — 15-dekabr kuni Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat aholisi saylovda 283 nafar nomzod orasidan 125 deputatni tanlab oldi. Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 125 mandatdan eng ko’pini (45) Turkmaniston demokratik partiyasi qo’lga kiritgan.

2012-yilda tashkil etilgan Turkmanistonning ikkinchi partiyasi — Tadbirkorlar va sanoatchilar partiyasi, yangi parlamentda 14 joyni egalladi, Turkmaniston kasaba uyushmalari — 33, Xotin-qizlar uyushmasi — 16, yoshlar tashkiloti — 8, fuqarolar guruhlari nomzodlari — 7 deputat joyini egallashdi.

Turkmanistonda parlament saylovi o’tgan yakshanba kuni bo’lib o’tdi. Unda aholining 91,3 foizi ishtirok etdi. Turkmaniston parlamentiga deputatlar besh yil muddatga saylanadilar.