31 nafar yosh shaxmatchilar Butunjahon yoshlar chempionatida O’zbekiston sharafini himoya qiladi, deb xabar bermoqda «Magicchess» shaxmat klubi.

Shaxmat bo’yicha butunjahon yoshlar chempionati 17-29-dekabr kunlari BAAning Al-Ayn shahrida 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yoshli bollar va qizlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Dunyoning 120 davlati vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini 31 nafar shaxmatchi himoya qiladi.

O’zbekiston terma jamoasida jahon chempioni (2012-yil Sloveniya) Nodirbek Abdusattorov, bronza medali (Braziliya) sovrindori Gulruhbegim Tohirjonova, Osiyo chempioni Ortiq Nig‘matov, Osiyo chempioni (Shri-Lanka) Shamsiddin Vohidov, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Osiyo chempioni (Eron) Islombek Sindarov hamda qator xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori Temur Igonin kabi iqtidorli yoshlar o‘rin olgan.