«O‘zbekiston pochtasi» OAJ 2014-yilning 15-yanvaridan 15-martigacha «Mening orzuim» bolalar ijodiy rasmlari Respublika tanlovi o‘tkazadi. Eng yaxshi rasmlar «Dunyo bolalar nigohida» maxsus pochta markalari turkumini chop etish uchun tanlab olinadi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston badiiy Akademiyasi bilan birgalikda o‘tkaziladi. Tanlov shartlari bilan «O‘zbekiston pochtasi» OAJ rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.