O’zbekistonda oliy ta’lim muassasalari reyting daftarchasi o’rniga talabalar reytingini hisobga olish electron tizimini qo’llashi mumkin bo’ldi.

Tegishli qo’shimcha 13-dekabr kuni Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizomga kiritildi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, yangi tartib talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy qilish maqsadida kiriltmoqda.