16-22-dekabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zlari saylangan saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar.

Deputatlar uchrashuv chog‘ida ijtimoiy-siyosiy, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qonunlarning mazmun-mohiyati va nazoratiga asosiy e’tiborni qaratadilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlar jadvalini joylardagi hokimiyatlardan yo'ki Oliy Majlis Qonunchilik palatasining matbuot xizmatidan olsa bo'ladi.

Saylov okrugi bo'yicha deputatlar ro'yxatini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytidan ko'rsa bo'ladi.