14-15-dekabr kunlari Jizzaxning Navro‘zbuloq trassasida avtopoyga bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final bosqich musobaqalari o‘tkazildi.

Jizzax xokimligining matbuot xizmatining xabar berishicha, umum jamoa hisobida birinchi o‘rin Toshkent, ikkinchi o‘rin Jizzax va uchinchi o‘rin Samarqand vakillariga nasib etdi.

«Baggi» rusumidagi avtomobil haydovchilari o‘rtasidagi bahsda jizzaxlik G‘ayrat Odilov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Ikkinchi o‘rin ham jizzalik Asqar Xasanovga, uchinchi o‘rin esa Toshkent vakili Ilxom Azimovga nasib etdi.

«A-7» rusumli avtopoygachilar o‘rtasida toshkentlik Farxod Daminov, jizzaxlik Sarvar Tojikulov va toshkentlik Zafar Zokirov marraga birinchi, ikkinchi va uchinchi bo‘lib yetib keldilar.

«Nexia» rusumli avtopoygachilar o‘rtasida toshkentlik Anton Tumanov, jizzaxlik Bexzod Odilov va samarqandlik Ilxom Obidjonov kuchli uchlikka kirdi.

«A-8» rusumli avtopoygachilar o‘rtasida toshkentlik Rostislav Belyakov,, jizzaxlik Furkat Axrorkulov va toshkentlik Farxod Daminov marraga birinchi, ikkinchi va uchinchi bo‘lib yetib keldilar.

Foto

Suratlar Jizzax xokimiyatining matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.