O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 13-dekabrdagi Farmoniga binoan, nafaqaga chiqishi sababli Bahodir Matlubov ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi.

Davlat rahbarining boshqa Farmoni bilan Adham Ahmedboyev O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

Vazir etib tayinlanguniga qadar Adham Ahmedboyev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarma rahbari bo‘lgan.