«O zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi raisining birinchi o'rinbosari Alisher Sultonov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisligiga saylandi, deb xabar berilmoqda federatsiyaning rasmiy saytida.

13-dekabr Plexanovo nomli Rossiya iqtisodiy akademiyasining Toshkentdagi filialining anjumanlar zalida O‘FF hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha viloyatlardan delegatlar qatnashdi. Hisobot-saylov konferensiyasi kun tartibidan O‘ShF tomonidan 2013 yillarda amalga oshirilgan ishlar hisoboti va boshqa masalalar o‘rin oldi.

Yig‘ilish davomida O‘ShF raisligi uchun saylov o‘tkazildi. Majlis qatnashchilarining ovoz berishi orqali Alisher Sultonov O'ShF raisligiga saylandi. Uning o'rinbosarlari etib Xusan Turdialiev, Eldor G'ofurov, Baxodir Umurzoqov, Rustam Qosimjonov va Komil Sinodorovlar saylandilar.