O'zbekiston futbol bo'yicha terma jamoasining sobiq bosh murabbiysi Vadim Abramov Qozog‘istonning «Ostona» klubi bosh murabbiyligini tark etdi. Bu haqda «Ostona» FK rasmiy saytida e'lon qilingan.

«Ostana» futbol klubi prezidenti Esmuhamad Spanov o‘z lavozimini tark etganligi sababli, murabbiy bilan shartnoma tuzilmadi. Ikkisi orasidaga kelishuv og'zaki bo'lgani sababli, bosh murabbiy bilan hamkorlikni bekor qilishga qaror qilindi. Jamoa bilan ishlashni qozoqistonlik mutaxassis Grigoriy Babayan davom etadi", — deyilgan tarqatilgan press-relizda.

Vadim Abramov o'z iste'fosini «Chempionat.asia» saytiga bergan intervyusida tasdiqlagan.

O'zbekiston futbol bo'yicha terma jamoasining sobiq bosh murabbiysi Vadim Abramov Qozog‘istonning «Ostona» klubi bosh murabbiyligiga joriy yilning noyabr oyida tayinlangan edi. Ushbu lavozimda u ikki haftagina ishladi.