13-dekabr kuni Oliy Majlis Senat yalpi majlisining ikkinchi kunida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritishdi.

O'zA xabar berishicha, Senatning qarori bilan Raximjon Obidov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari — harbiy hay’at raisi etib saylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari etib Botirali Diyorov, Tal’atjon Meliboyev, Azizaxon Najmutdinova, Qahramon Uljayev ham saylandilar.

Murodjon Mirzajonov, Ikram Muslimov, Turabek Raxmanov, Arislan Usmanovlar boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi vazifasidan ozod qilindi.

Temur Raxmatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi vazifasidan ozod qilindi.