Mirabror Usmonov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentligiga qayta saylandi. bu haqda O'FF axborot xizmati xabar berdi.

10-dekabr O‘FF anjumanlar zalida O‘FF hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha viloyatlardan delegatlar qatnashdi. Hisobot-saylov konferensiyasi kun tartibidan O‘FF tomonidan 2009-2013 yillarda amalga oshirilgan ishlar hisoboti, Nazorat-taftish komissiyasining 2009-2013 yillar uchun hisoboti, O‘FF Ijroiya qo‘mitasining 2013-yil uchun qarorlarini tasdiqlash va boshqa masalalar o‘rin olgan.

O‘FF yillik hisoboti uchun o‘tkazilgan yig‘ilish davomida O‘FF prezidentligi uchun saylov o‘tkazildi. Saylov jarayonini Terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov olib bordi.

Majlis qatnashchilarining ovoz berishi orqali Mirabror Usmonov O'FF prezidentligiga qayta saylandi. Shuningdek, vitse-prezident etib Sardor Raxmatullaev va Asqar Tolibjonovlar saylandi.