3-10-dekabr kunlari Tailandda Janubi-sharqiy Osiyo gandbol federatsiyasi tomonidan ilk marotaba tashkil etilgan chempionatda O‘zbekiston erkaklar va xotin-qizlar terma jamoalari a’zolari bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida O'zbekiston terma jamoasi a’zolari Gonkong, Tailand, Vetnam va Filippin terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi bahsda yana mezbonlar bilan kuch sinashgan gandbolchilar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Xotin-qizlar musobaqasida ham O'zbekiston gandbolchilariga teng keladigani topilmadi. Sportchilarimiz Gonkong, Tailand, Filippin va Vetnam terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega bo‘ldi.