9-dekabr kuni navbatdagi siyosiy konsultatsiyalar doirasida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQSh Davlat Kotibining birinchi o’rinbosari William Josef Berns bilan uchrashuv o’tkazdi.

TIV axborot xizmatining xabar berishicha, suhbat chog‘ida tomonlar o’zaro hamkorlikka oid dolzarb masalalar, jumladan, xalqaro miqyosda va mintaqa doirasidagi asosiy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Eslatib o’tamiz, tashrif davomida Vashingtonda AQSh Kongressi, vazirliklar va muassasalar a’zolari bilan uchrashuvlar hamda muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ilk bor o’zbek-amerika siyosiy konsultatsiyalar 2009-yilning dekabr oyida Vashingtonda bo’lib o’tgan edi. Konsultatsiyalarning ikkinchi raundi 2011-yilda, uchinchisi — 2012-yilning avgust oyida bo’lib o’tgan.