Madaniyat va sport ishlari vaziri Minhojiddin Xodjimatovning buyrug‘i bilan O‘zbekiston hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida Davlat madhiyasini qisqartirib ijro etishga ruxsat beriladi. Bunda davlat madhiyasining boshlanishi va naqorati bir martadan aytiladi.

Davlat madhiyasi O‘zbekiston milliy chempionatlari, milliy terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqlarni o‘tkazish vaqtida va xalqaro musobaqalarning O‘zbekiston vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlari vaqtida ijro etiladi.

Madhiya tik turib va o‘ng qo‘l kaftini ko‘krakning chap tomoniga qo‘yib davlat bayrog‘iga yuzini burgan holda ijro etiladi (tinglanadi).

Madhiya ijrosi to'g'risidagi qoidalarni buzilishida aybdor topilgan shaxs qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.