Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 9-11-dekabr kunlari AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif davomida Vashingtonda O‘zbekiston-Amerika siyosiy konsultatsiyalarining navbatdagi raundi, AQSh Kongressi, vazirliklar va muassasalar a’zolari bilan uchrashuvlar hamda muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, ilk bor o’zbek-amerika siyosiy konsultatsiyalar 2009-yilning dekabr oyida Vashingtonda bo’lib o’tgan edi. Konsultatsiyalarning ikkinchi raundi 2011-yilda, uchinchisi — 2012-yilning avgust oyida bo’lib o’tgan.