«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O'zA xabar berdi.

Odatda Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda O'zbekiston rivojiga xizmat qiladigan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi va kelgusi yilga shunga muvofiq nom beriladi. Bu yil ham Prezident Islom Karimov kirib kelayotgan yangi — 2014-yilni O'zbekistonda «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilishni taklif etdi.

Yil yakunlari bo'yicha kelgusi yilga muayyan sohadagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish va kelgusi yilga shunga muvofiq nom berish ananasi 1997-yildan boshlangan.

1997-yil — Inson manfaati yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayllar yili
2000-yil — Sog’lom avlod yili
2001-yil — Ona va Bola yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod maxalla yili
2004-yil — Mexr muruvvat yili
2005-yil — Sixat Salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustaxkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili