2-dekabr kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasing oltinchi majlisida partyaning yangi raisi saylandi.

O'zLiDeP axborot xizmatining xabariga ko'ra, partiya raisi Teshabayev Muhammadyusuf Mutalibjonovich o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi. Uning o'rniga O'zbekiston Qahramoni, Fermerlar Kengashi raisi Turdiyev Sodiqjon O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi tarkibiga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Shunday qilib, joriy yilda O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan barcha to'rt partiyaning rahbarlari o'zgardi.

Aprel oyida Latif G'ulomov o'rniga O'zXDPning Markaziy Kengashing raisi etib Xotamjon Ketmonov saylangan edi.

May oyida «Milliy tiklanish» DP MK Ijroqo'mi raisi lavozimiga Sarvar Otamurodov saylangan edi.

Iyun oyida «Adolat» SDP Siyosiy kengashing raisi lavozimiga Nariman Umarov kelgan edi.