4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan Yangi Zelandiyaning O’zbekistondagi (qarorgohi Moskvada) Favqulodda va muxtor elchisi Xemsih Nevill Frensis Kuperni qabul qildi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko’ra, elchi Prezidenti Islom Karimovga yo’llangan ishonch yorliqlari topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yangi Zelandiya o’rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirishga alohida ahamiyat berish dolzarbligi qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan iqtisodiy, madaniy, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.