2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjatda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rtacha besh foizga oshishi nazarda tutilgan.

Yani, 2013-yil 15-dekabrdan mamlakat hududida quydagi minimal miqdor amal qila boshlaydi:

eng kam oylik ish haqi miqdori — 96 105 so‘m (hozirda 91 530 so‘m),

yoshga doir pensiyalar hamda bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqalar miqdori — 187 970 so‘m (hozirda 179 020 so‘m),

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 115 340 so‘m (hozirda 109 860 so‘m).

Eslatish joizki, eng kam ish haqi miqdori oxirgi marta 2013-yil 15-avgustda 15 foizga oshirilgan edi.