Xitoyda e-sport bo’yicha o‘tkazilgan World Cyber Games 2013 xalqaro turnirda O‘zbekiston jamoasi beshinchi o’rinni egaladi. Bu haqda e-sport bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining bosh homiysi, Beeline kompanyasining axborot xizmati xabar bermoqda.

O’zbekiston sharafini Zo’r-Zo’r UCG 2013 g’olibi Abdusali Qayumov hamda amaldagi Osiyo chempioni Pavel Saprikin himoya qildilar. Ikkala sportsmen ham FIFA14 (dongi chiqqan futbol stimulyatori) o’yinlarida qatnashdilar.

Xalqaro turnirlarda ilk marotaba qatnashayotgan Abdusali Qayumov chorrak final bahslarigacha munosib o’yin ko’rsatib keldi, lekin chorrak finaldagi ikki o’yin natijasiga ko’ra, argentinalik geymer Xuan Sotulloga yutkazib qo’ydi. Natijada O’zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining FIFA14 tartibi bo’yicha faxrli beshinchi o’ringa sazovor bo’ldi.