O‘zbekistonda 25 noyabrdan 10 dekabrgacha xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga jamoatchilik e’tiborini jalb etish maqsadida «Uydagi tinchlikdan jahondagi tinchlik sari» shiori ostida aksiya o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir har yili BMT shafeligida butun dunyoda o‘tkaziladigan global aksiyaning bir qismidir, deb xabar bermoqda BMT Taraqqiyot Dasturining axborot xizmati.

Tadbir O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), BMT Taraqqiyot dasturi, qator xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Aksiya davomida mamlakat bo‘ylab Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun kurash kuni, Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni, Xalqaro nogironlar kuni, Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, musobaqa va tanlovlar o‘tkaziladi.

«16-kunlik» haqida — «Oiladagi tinchlikdan dunyodagi tinchlik sari» xalqaro kampaniyasi doirasida o‘tkazilishi kutilgan «16-kunlik» davomida ayollar haq-huquqlarini butun dunyoda tan olish borasida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan to‘rtta tadbir, ya’ni 25 noyabr kuni nishonlanadigan Xalqaro Ayollarga nisbatan zo‘rovonlikka barham berish uchun kurash kuni, 1 dekabr kuni nishonlanadigan Umujahon OITSga qarshi kurashish kuni, 3 dekabr kuni nishonlanadigan Xalqaro nogironlar kuni va 10 dekabr nishonlanadigan Xalqaro inson huquqlari kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.