O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 25-26-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

O'za xabar berishicha, Oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli, uni yanada rivojlantirish istiqbollari, muhim mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama etiladi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, turli sohalarga oid ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlarni imzolash mo‘ljallanmoqda.