Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirligi ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori-darmonlaring ro‘yxatini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Norma.Uz.

Dorilar ro’yxati (RAR formatida) ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bemorlar toifasiga bog’langan.

22-yulda Vazirlar Mahkamasi «Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan imtiyoz asosida dori vositalari bilan ta’minlanish huquqiga ega shaxslar ro’yxatini tasqidlagan edi.