O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozon shahri aeroportida yo’lovchi samolyot halokatga uchrab, ko’plab insonlar qurbon bo’lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

17-noyabr kuni Qozon xalqaro aeroportiga qo‘nish vaqtida Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Halokat natijasida olti nafar ekipaj a’zosi va 44 nafar yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan. RIA Novosti aytishicha, ularning orasida Tatariston prezidenti o‘g‘li Irek Minnixanov va Federal Xavfsizlik Xizmatining Tatariston boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Antonov ham bo'lgan.

Samolyot «qora qutilari»ning biri topilgan va ekspertiza uchun Moskvaga jo‘natilgan.